"Sport TV" KXL o‘yinlari translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

  • 20 mart, 2018, 20:09
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xokkey bo‘yicha KXL (Kontinental xokkey ligasi) pley-off bosqichining eksklyuziv translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanalning "Telegram" messenjeridagi rasmiy kanali xabar bermoqda.

Tecno

KXLda Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Latviya, Slovakiya, Finlyandiya va Xitoyning eng sara jamoalari ishtirok etishadi. Endilikda yurtimizdagi xokkey muxlislari “Sport” TV da efirga uzatiladigan retranslyatsiyalar orqali xokkeyning murosasiz to‘qnashuvlariga guvoh bo‘lishlari mumkin.

“O‘zMTRK mas’ul xodimlari turli sport musobaqalarining teletranslyatsiya huquqini olish bo‘yicha muntazam harakatda. Bu boradagi amaliy tadbirlar to‘xtab qolmaydi. Yaqin vaqt ichida O‘zMTRK "Sport TV"da teletomoshabinlarni yanada kattaroq xushxabarlar bilan xursand qilish borasida ish olib borilmoqda”,- deydi MTRK “Sport” DUK direktori Zohid Karimov.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!