
"So‘g‘diyona" "Paxtakor"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi
Jamoa bugun Toshkentda yig‘ildi va AGMK ga qarshi tayyorgarlikni boshladi va futbolchilar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.
Keyingi turga qadar tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida “So‘g‘diyona” 6 avgust kuni Toshkentda “Paxtakor” ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ayni damda Sardor Azimov va Nurillo To‘xtasinovlar Vetnamda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro musoboqada ishtirok etmoqda. Ular jizzaxliklar tarkibiga 8 avgust kuni qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Pepsi Superliga 21-turida "So‘g‘diyona" o‘z maydonida AGMK ni qabul qiladi. O‘yin 11 avgust kuni "So‘g‘diyona" stadionida bo‘lib o‘tadi
Fikrlar