Sobiq jahon chempionlari kuch sinashishi mumkin

  • 16 yanvar, 2019, 17:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq jahon chempioni Kell Bruk va ikki vaznda sobiq jahon chempioni Jessi Vargas o‘zaro ringda uchrashishi mumkin. Bu jang joriy yilning 6 aprelida AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Boxingnews24 nashri.

Tecno

O‘ylaymanki, bu haqiqatga yaqin ma’lumot. Chunki jang borasida muzokaralar ketmoqda, — deydi Vargas.

Avvalroq Kell Bruk keyingi jangini Amir Xan bilan o‘tkazishni afzal bilgan, ammo Xan Terens Krouford bilan 20 aprel kuni jang qiladi.

Kell Bruk oldingi jangini 2018 yil 8 dekabrida o‘tkazib, Maykl Zerafni ochkolar bilan yutgan. Jessi Vargas esa so‘nggi marta 2018 yil 6 oktyabrda ringga chiqib, Chikagoda Tomas Dyulorm bilan durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!