Sinxron suzish bo‘yicha MOQ sovrini uchun O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

CHERY AUTO

 

Tecno

Ayni paytda Toshkent shahridagi "Sahovat sport servis" suv sporti saroyida sinxron suzish bo‘yicha MOQ sovrini uchun O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan musobaqa joriy yilning avgust oyida Jakartada o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlariga sportchilarni saralash vazifasini o‘taydi.

Musobaqa ishtirokchilari Solo Tech, Solo Free, Duet tech, Duet Free, Team Tech, Team Free yo‘nalishlarida o‘zaro kurash olib bormoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyadagi yozgi Osiyo o‘yinlariga sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi duet va jamoa dasturlarida ishtirok etishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!