Shakira Ispaniyada soliqdan qochganlikda ayblanmoqda

  • 27 fevral, 2019, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi, “Barselona” himoyachisi Jerar Pikening turmush o‘rtog‘i Shakira Ispaniya g‘aznasiga solib to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Colombia.com sayti xabar bermoqda.

Tecno

Shakiraga ayni damda 6ta modda bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda. “Barselona” prokuraturasining ma’lum qilishicha Shakira Ispaniya g‘aznasidan 15 mln evro qarz.

Bundan tashqari u Ispaniyada yashab turib o‘zining soliq rezidentini hisoblamagan va ikki yil davomida pul yuvish orqali o‘z daromadlarini yashirib kelgan.

Shakiraga yaqin manbaalarning xabar berishicha u ushbu qarzlarni to‘lashga va politsiya bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Shakira va Pike 2010 yildan buyon birga yashab kelmoqda. Ularning ikki nafar o‘g‘il farzandi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!