Shahram G‘iyosov mavsumdagi ilk g‘alabasini (Ronaldu) o‘z uslubida nishonladi (Video)

CHERY AUTO

 

Tecno

Kecha yurtimizdagi muhtasham sport koshonalaridan biri "O‘zbekiston" sport majmuasida “World Series of Boxing”ning C guruhidan o‘rin olgan navbatdagi boks kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelayotgan “Uzbek Tigers” Xitoyning “China Dragons” jamoasiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Ushbu janglarning birida 2016 yilgi Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov 69 kg vazn toifasida Boks bo‘yicha 2015 yilgi Jahon Chempionati sovrindori Vey Liuga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtimiz 3:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Shahram mazkur g‘alabasini doimgidek (Ronaldu) o‘z uslubida nishonladi.

Quyida ushbu holatni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!