"Sevilya" futbolchisi sud oldida javob beradigan bo‘ldi

  • 21 dekabr, 2018, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi yarim himoyachisi Kvinsi Promes mast holda avtomashina boshqarayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda ispan nashrlari xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 26 yoshli gollandiyalik futbolchi seshanba oqshomida Marbelya shahrida politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. U hozirda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishda ayblanmoqda. Endi u dushanba kuni ushbu masala yuzasidan sud oldida javob beradi.

Ma’lumot uchun, Promes “Sevilya” safiga yozda Moskvaning “Spartak” klubidan 20 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum andalusiyaliklar safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!