"Sevilya" Andre Silvani "Milan"dan to‘liq sotib olmoqchi

  • 11 dekabr, 2018, 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Sevilya" klubi mavsum boshida "Milan"dan ijaraga olgan hujumchisi Andre Silvaning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra andalusiyaliklar 23 yoshli portugaliyalik to‘purarni o‘z safida olib qolmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, “Sevilya” Silvani avgustda “rossonerilar”dan 4 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga olgan edi.

Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum “Sevilya” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning taxminiy transfer bahosi esa 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!