Sarri "Chelsi" futbolchilarini qanday ruhlantiradi?

  • 1 oktabr, 2018, 12:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luis jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini maqtadi.

Tecno

“Biz uning qo‘l ostida futbol o‘ynab zavqlanyapmiz. Sarri – fantastik inson. U bizga har kuni shunday deydi: “Sizlar dunyodagi eng zo‘r kasb egalarisiz, shuning uchun ushbu ishni tabassum bilan bajarib, undan zavqlanishingiz kerak. Dunyodagi ko‘plab insonlar bunday sharafga loyiq emas”, - deya fikr bildirdi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, "aristokratlar" joriy mavsum premer-liganing o‘tgan 7ta turidan so‘ng 17 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!