
Sanches MYudan ketmoqchi, unga PSJ xaridor bo‘lmoqda
“Manchester Yunayted” klubi forvardi Aleksis Sanches jamoasini o‘zgartirmoqchi.
The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda chililik futbolchi MYudan ketib PSJga o‘tmoqchi. Ayni damda futbolchining agenti Fernando Felisevich ushbu transfer yuzasidan ishlarni boshlab yuborgan. Parijliklar ham Sanchesning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlashgan.
Gap shundaki, MYu ustozi Joze Mourino Sanchesning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan qoniqish xosil qilmayapti, futbolchi uning maydondagi topshiriqlarini to‘liq bajarmayapti.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum APLning jami 8ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar