
Sami Xedira: Yana Ronaldu bilan birga o‘ynashga imkon tug‘ildi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira “Real”dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan yana bir jamoada o‘ynashdan mamnun ekanligi haqida aytib o‘tdi.
“Krishtianu Ronaldu bilan yana birga bir jamoada o‘ynashga imkon tug‘ilgani yoqimli. Biz avval “Real”da birga o‘ynaganmiz.
O‘tgan mavsum men uchun ajoyib kechdi. “Yuventus” safida 6ta gol urishga erishdim. Lekin, afsuski Germaniya terma jamoasida JCh-2018da juda yomon o‘yin ko‘rsatdim. Biz tanqidlarga yarasha o‘ynadik”, - deydi Xedira.
Eslatib o‘tamiz, Xedira Ronaldu bilan "Real" safida 2010-2015 yillarda birga to‘p surgan.
Fikrlar