
Salohning Ronaldu darajasiga chiqishi uchun 15 yil kerak
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Muhammad Salahning “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu darajasiga etib borishiga ancha vaqt borligini aytib o‘tdi.
“Manchester Siti”ga qarshi EChL 1/4 final javob bahsida misrlik futbolchi mavsumdagi 39-golini urdi. “Yuventus” bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng Ronaldu hisobidagi gollari sonini 41 taga etkazib oldi.
– Salah ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda, biroq u Krishtianu Ronaldu darajasiga etishi uchun yana 15 yil kerak bo‘ladi, – deydi Ferdinand BT Sport nashriga.
Fikrlar