
Salah va Mane Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga da’vogarlar qatorida
Britaniyaning BBC nashri yil yakunlariga ko‘ra, Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi.
Hozirda unga senegallik Sadio Mane (“Liverpul”) va Kalidu Kulibali (“Napoli”), misrlik Muhammad Salah (“Liverpul”), marokashlik Mehdi Benatia (“Yuventus”) va ganalik Tomas Parti (“Atletiko”) da’vogarlik qilmoqda.
Ovoz berish jarayoni 2 dekabrgacha uzaytirildi va g‘olib 14 dekabr kuni e’lon qilinadi. O‘tgan yili ushbu mufokotni Salah qo‘lga kiritgan edi.
Bu mavsum Mane va Salah “Liverpul” safida EChL finaliga qadar etib keldi, Parti “Atletiko” bilan Evropa Ligasi g‘olibiga aylandi, Benatia esa “Yuventus” bilan Italiya chempioni bo‘ldi.
Bu mukofot 1992 yildan beri sportchilarga berilib keladi. Boshida afrikalik sportchilarga berilar edi, ammo 2001 yildan u faqatgina futbolchilarga beriladi.
Fikrlar