Sabina Sharipovaning "Australian Open" turniridagi ilk raqibi kim?

  • 7 yanvar, 2019, 13:02
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Joriy yilning 14-27 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova himoya qiladi. U o‘z ishtirokini turnirning saralash bahslaridan boshlaydi.

Bugun asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun saralash bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, Sabina ushbu bosqichdagi ilk uchrashuvini avstraliyalik Aleksandra Bozovichga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Aleksandra ayni damda WTA reytingida 360-pog‘onada bormoqda. Sabina esa ushbu jadvalning 142-pog‘onasidan joy olgan.

Qur’a natijasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!