
Sabina Sharipova endi Tayvanda o‘ynaydi
Tayvanning Taybey shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan "OEC Taipei WTA" xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
19 noyabr kuniga qadar davom etadigan mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ham ishtirok etmoqda.
Sabina sovrin jamg‘armasi 125,000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu turnirning asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida serbiyalik Ivana Yorovichga qarshi kortga chiqadi.
Mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi 7:00 da boshlanadi.
Fikrlar