
Rossiya kubogi. Shomurodov va Galiulinlarning jamoalari keyingi bosqichga chiqdi
Bugun Rossiyada kubok o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Rostov" jamoasi safarda "Volgar" klubiga qarshi bahs yuritdi.
Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shomurodov o‘yinning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan "Tosno" klubi esa safarda "Tyumen" ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Yana bir hamyurtimiz - Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Anji" esa "Luch-Energiya" mehmoni bo‘ldi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan holda turnirdagi yurishini yakunladi.
Rossiya kubogi. 1/16 final
Luch-Energiya – Anji 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Gordienko, 2:0 – 68 Malyaka
Tyumen – Tosno 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 34 Palienko, 0:2 – 38 Palienko, 1:2 – 49 Karpov
- Gollar: 0:1 – 22 Zuev, 0:2 – 48 Buxarov.
Fikrlar