
Rossiya - Xorvatiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Kecha Sochidagi “Fisht” stadionida JCh-2018ning chorak finalidan o‘rin olgan Rossiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda omad Xorvatiya terma jamoasiga kulib boqdi.
O‘yindan so‘ng Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich FIFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar