
Ronaldusiz qolgan "Real" bugun g‘alaba qozona oladimi?
Bugun Madridning “Real” klubi La Liganing 2018/19 yilgi mavsum ilk turida o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi.
E’tiborlisi, “qirollik klubi” o‘zining etakchi hujumchisi Krishtianu Ronalduni “Yuventus”ga sotib yuborgach, so‘nggi 9 yil ichida mavsumni usiz boshlaydigan bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, portugaliyalik futbol yulduzisiz o‘nagan madridliklar o‘tgan hafta UEFA Superkubogida hamshaharlari "Atletiko"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.
Quyida ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Real" Madrid – "Xetafe"
Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid, Ispaniya)
Boshlanish vaqti: 01:15
Bosh hakam: Xaver Estrada Fernandes (Lerida)
"Real": Navas – Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro, Kroos, Isko, Asensio, Beyl, Benzema.
"Xetafe": Soriya – D.Suares, Dakonam, Gonsales, Antunesh, Maksimovich, Arambarri, Portilo, Ndiaye, Rodriges, Molina.
Fikrlar