
Ronaldu bugun "Yuventus"dagi gollari hisobini ochadimi?
Bu tur amaldagi chempion - "Yuventus" klubi o‘z uyida "Latsio"ni qabul qiladi. Biz esa bo‘lajak uchrashuviga oid o‘z fikr va mulohazalarimizni yuritamiz.
1-turda hamma Krishtianu Ronalduning "keksa sinor"dagi debyutini kutishgan edi. Bugun esa uning "Alyants-Stedium"dagi dastlabki bellashuvi bo‘lib o‘tadi. "Yuventus" tiffozilari bunday o‘yinlarni sog‘inib qolishgan va bugun arenada anshlag ko‘rsak ajab emas.
Darqoqea, NIKE esa Turinda Ronaldu erishgan natijalar va sovrinlar aks etgan maxsus lahva osib qo‘ydi.
To‘g‘ri, Ronaldu va uning jamoasi mavsumni g‘alaba bilan boshlashdi, ammo juda qiyin tarzda ko‘lga kiritildi, mazkur g‘alaba. Ronaldu maydonda eng faollardan biri bo‘lganiga qaramay, jamoaviy o‘yinga kirishib keta olmaganligi ayon bo‘ldi. Massimiliano Allegri esa o‘zining asosiy yulduzini qaerga joylashtirishni bilmayotgandek taassurot uyg‘otdi.
"Latsio" esa ilk turda garchi hisobni birinchi bo‘lib ochganiga qaramay, "Napoli"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qiziqarli faktlar
- "Yuventus" o‘z uyida o‘tgan so‘nggi 38 bellashuvning ikkisi mag‘lub bo‘lgan
- "Latsio" oxirgi olti safar uchrashuvining birortasida g‘alaba qozona olmagan.
- "Yuventus" Turindagi so‘nggi 7 bellashuvda kamida ikkitadan gol urib kelmoqda
- O‘z navbatida "burgutlar" ham safardagi so‘nggi 6 o‘yinning beshtasida ikkitadan kam gol urmayapti
- O‘tgan yil aynan "Yuventus" maydonida kechgan o‘yinda rimliklar 2:1 hisobida g‘alabani tantana qilishgan edi.
- So‘nggi 10 ta qarama-qarshilikning 8 tasida "byankonerrilar" zafar quchishgan.
Tahminiy tarkiblar:
«Yuventus»: Щensny – Kanselo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro – Xedira, Pyanich, Kuadrado, Dibala, Duglas Kosta – Ronaldu
«Latsio»: Strakosha – Vollas, Acherbi, Radu – Marushich, Parolo, Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich – Luis Alberto, Immobile
Massimiliano Allegri ("Yuventus" bosh murabbiyi):
"Latsio" yaxshi shakllangan, murabbiyining imzosi bor jamoa. O‘tgan mavsum ular bizni mag‘lub etib, g‘alabali seriyasmizga barham bergan edilar. Shunday ekan, futbolchilarimda motivatsiya kuchli. Biroq qarshi hujumda ulardan extiyot bo‘lish zarar qilmaydi".
Simone Inzagi ("Latsio" bosh murabbiyi):
"Yuventus"ga qarshi o‘yin juda qiyin kechadi. Boshqa tomondan buning foydasi bor: biz mamlakatning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynaymiz. Hozirgi "Yuventus" o‘tgan yildagidan kuchli. Yo‘q, gap faqat Ronalduda emas. Hozirda Allegrida ijrojilar juda ko‘p va qaysi biridan xavf kutish mumkiniligini bilmaysan kishi. Tezkor gol o‘tkazib yubormasak, hammasi yaxshi bo‘ladi".
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar