
Ronaldu "Yuventus"da o‘ziga raqam tanladi (FOTO)
Turinning “Yuventus” klubiga ko‘chib o‘tishi aytilayotgan “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu yangi jamoasida o‘ziga raqam tanladi.
BeIN Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “keksa sinora” safida 7-raqamda to‘p suradi. Aytish lozimki, ushbu raqam ayni damda jamoaning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xuanu Kuadradoga tegishli. Biroq, yangi mavsumda u Ronalduga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu Germaniyada tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va “Yuventus” bilan dastlabki kelishuvni imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar