Ronaldo qishda jamoasiga "Real" hujumchisini olib o‘tmoqchi

  • 14 dekabr, 2018, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Valyadolid" klubi prezidenti Ronaldo "Real"dagi hamyurti Vinisius Juniorni o‘z jamoasiga olib o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan braziliyalik futbolchi 18 yoshli futbolchini qishki transferlar davrida ijara asosida o‘z jamoasiga olib o‘tmoqchi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Ronaldo bu borada allaqachon “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Vinisiusni yozda 61 mln evro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!