
Rojer Federer: Men ham siz kabi insonman
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer o‘za haqida so‘zlab berdi.
"Men mukammal inson emasman. Men ham boshqalar kabi hatolar qilaman. Tennis olamida ekanligimdan xursandman. Menga bir qator kompaniyalar bilan aloqa qilish yoqadi. So‘nggi vaqtlarda men ko‘nglimga nima ish yoqsa shuni qilmoqdaman.
Men mukammal inson bo‘lishni istamayman. To‘g‘ri men, yaxshi tarbiya oldim, o‘yinlada raqibni xurmat qilishni, farzndlarimni qanday tarbiyalashni o‘rgandim. Balki, shu uchun ham meni mukammal inson deb o‘ylashar, lekin unday emas.
Fikrlar