Robben faoliyatini yakunlashi ham mumkin

  • 4 dekabr, 2018, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Menda kelajagim haqida o‘ylashim uchun etakrli vaqt bor. Ammo, faoliyatimni yakunlashim ham mumkin. Biroq, shu bilan birga agar menga ma’qul keladigan takliflar bo‘lsa, ularni qabul qilishga va yana bir necha mavsum to‘p surishga ham tayyorman”, - deydi 34 yoshli gollandiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Robben “Bavariya” safiga 2009 yil “Real”dan 25 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida nemis grandi safida jami 19ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!