
Robben faoliyatini "Bavariya"da yakunlamoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben kelajakda boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini inkor etdi. U faoliyatini “Bavariya”da yakunlamoqchi.
“Hamma narsa bo‘lishi mumkin. “Bavariya”dagi vaqtimning tugashi, bu faoliyatimning tugaganini bildiradi. Bilaman, yoshim o‘tib borgani sari men yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olmasligim mumkin. Biroq, o‘z o‘yinimning yomonlashayotganini imkon qadar bilintirmaslikka harakat qilaman”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Robben “Bavariya” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida nemis grandi safida jami 303ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 141ta gol hamda 101ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar