
Robben PSVga qaytishi mumkin
Golland klubi 34 yoshli futbolchiga jamoaga qaytishni taklif qildi. PSV boshqaruv raisi Tun Gerbrands eyndxovenliklar ustozi Mark van Bommel bu borada futbolchi bilan gaplashganligini aytib o‘tdi.
"Ha taklif bo‘ldi. Mark Robben bilan birga to‘p surgan va sobiq sherigiga so‘rov yo‘lladi. Endi barchasi futbolchining o‘ziga bog‘liq", - dedi Gerbrands.
Ma’lumot uchun, Robben 2002-2004 yillarda PSV safida to‘p surgan.
Fikrlar