Robben "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

  • 28 fevral, 2019, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Aren Robben son mushaklaridan olgan jarohatidan davolanishni davom ettirmoqda.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tgan yilning noyabridan buyon maydonga tushmay kelayotgan 35 yoshli gollandiyalik futbolchi kechadan boshlab to‘p bilan ishlashni boshlagan. Robben yaqin bir hafta ichida umumiy gurh mashg‘ulotlarida shug‘ullanib, 9 mart kuni bo‘ladigan “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmoqchi.

Agar uning yuqoridagi rejalari amalga oshsa, u 13 mart kuni EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi javob bahsida ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Robben joriy mavsum 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!