Robben Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi

  • 10 yanvar, 2019, 13:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Aren Robben joriy mavsum Chempionlar ligasining asosiy favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi.

Tecno

“Liverpul” xuddi o‘tgan safar finalga chiqqanidek juda kuchli. Men ularni bu mavsum ham Chempionlar ligasining asosiy favoriti deb hisoblayman. Afsuski, bu biz uchun juda omadsiz qur’a bo‘ldi. Ammo boshqa tomondan bu jamoamiz uchun katta chaqiriq hisoblanadi”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” EChLning 1/8 finalida aynan “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalarning ilk uchrashuvi 19 fevral sanasida "Enfild"da bo‘lsa, javob o‘yiniga 13 mart kuni "Alyants Arena" mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!