"Real" ijaradagi darvozabonini ortga qaytarmoqchi, ammo...

  • 31 dekabr, 2018, 18:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi mavsumni "Leganes" safida ijara asosida o‘tkazayotgan darvozaboni Andrey Luninni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Keylor Navas “qirollik klubi”dan ketishi mumkin. Shu boisdan ham madridliklar ukrainalik posbonni yana "Santyago Bernabeu"ga qaytarishni rejalashtirishmoqda. Biroq, Luninning o‘zi “Real”ga qaytmoqchi emas va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Leganes”da qolishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Lunin joriy mavsum “Leganes” safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 2ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!