
"Real" Neymar uchun yana bir top futbolchisidan voz kechmoqchi
Madridning “Real” klubida to‘p tepayotgan Kazemiro mavsum yakunida PSJga o‘tishi mumkin.
Parijliklar Kazemironi 34 yoshli Tiago Mottaning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.
As nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” 26 yoshli o‘yinchini PSJ yulduzi Neymarning “Real”ga qo‘chib o‘tishi muzokaralariga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Kazemironing “qaymoq ranglilar” bilan shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan va uning tovon puli 200 million evroga teng
Fikrlar