
"Real" Marseloga o‘rinbosar topdi
Madridning "Real" klubi "Yuventus"ga o‘tib ketishi aytilayotgan himoyachi Marseloning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi.
Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 30 yoshli braziliyalik futbolchi "Santyago Bernabeu"dan ketishga qaror qilsa, “qirollik klubi” uning o‘rniga “Portu” himoyachisi Aleks Tellesni sotib oladi.
Ma’lumot uchun, Telles joriy mavsum “Portu” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar