"Real" "Manchester Siti"ning 19 yoshli ispaniyalik futbolchisini o‘ziga chorlamoqda

  • 3 noyabr, 2018, 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Siti” klubi xavbeki Braim Dias “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda 19 yoshli Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi joriy mavsum yakunida, ya’ni “siti” bilan shartnomasi yakunlangach “qirollik klubi”ga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.  Ammo, “shaharliklar” ham Diasni o‘zida saqlab qolishmoqchi va buning uchun u bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dias payshanba oqshomida Angliya liga kubogi doirasida “Fulxem”ga (2:0) qarshi bahsda dubl qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!