
"Real" Luninning taqdiri borasida bir qarorga keldi
Ukrainalik kiper jamoaga Tibo Kurtua kelganidan so‘ng uchinchi darvozabonga aylanib qoldi va uning "qirollik klubi" safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi so‘roq ostida qoldi.
Uning xizmatlariga bir qator ispan jamoalari qiziqish bildirmoqda. "Rayo Valekano", "Real Valyadolid" shular jumlasidan.
Biroq Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" vakillari uni "Leganes"ga ijaraga berishga qaror qilgan.
Fikrlar