
Rasman! Devid Moyes "Vest Xem"ni tark etdi
Londonning “Vest Xem Yunayted” klubi bosh murabbiy Devid Moyes jamoani tark etdi. Shotlandiyalik mutaxassis va klub rahbariyati shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Moyes 2017 yilning noyabr oyida “bolg‘achilar” boshqaruvida Slaven Bilichning o‘rnini egallagan edi. Uning boshqaruvida jamoa Premer-ligani 13-o‘rinda yakunladi.
Ilgariroq, “Vest Xem”ga Moesning o‘rniga “Shaxyor” ustozi Paulo Fonseka kelishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar