RPL. O‘zbekona derbida Shomurodov jamoasi ustun

  • 27 oktabr, 2018, 23:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaxshi bilasiz, donliklar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov, maxachqaliklar tarkibida esa yana bir yurtdoshimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradi.

Tecno

"Rostov-Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani  qo‘lga kiritishdi. Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Hamdamov esa 64-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Rostov" hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Anji" esa 10 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!