
"Qo‘qon-1912" AGMK bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiylar shtabi navbatdagi o‘yinlarga futbolchilarni har tomonlama mukammal tayyorlashga harakat qilmoqdalar. Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan darvozabon O‘tkir Yusupov, futbolchilar Javohir Sidiqov hamda Oybek Rustamovlar ishtirok etishmayapti.
Ertaga qo‘qonliklar nazorat o‘yinida maydonga tushadilar. Nazorat o‘yinidagi raqib Olmaliq shahrining "AGMK" jamoasi bo‘ladi.
"Qo‘qon-1912" - "AGMK" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini ertaga 13 oktyabr kuni soat 16-00da Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida boshlanadi.
Fikrlar