Qaysi klub Alissonga da’vogarlik qila oladi?

  • 12 iyun, 2018, 20:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Edersonning “Manchester Siti”da ajoyib debyut mavsumini o‘tkazganiga qaramay, “Roma” posboni Jahon Chempionatida Braziliyaning birinchi raqamli posboni bo‘lish imkoniyati yuqori.

Tecno

Rimliklar posboni to‘p yaxshi muomala qila oladi va aniq harakat qila olishi mumkin. Shu sabab Mundialdan keyin uni qo‘lga kirituvchi bir qator grandlar paydo bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan Squawka Football nashri 25 yoshli braziliyalik darvozabon xizmatlariga ehtiyoj sezishi mumkin bo‘lgan jamoalarni tuzib chiqdi.

Orzu: “Real Madrid”

Madridliklar himoyasi so‘nggi vaqtlarda ancha aftodahol ko‘rinish kasb etgan. Ular bu mavsumda 44 gol o‘tkazib yuborib, La Liganing beshinchi eng yaxshi himoya chizig‘ini hosil qilgan. Hamshaharlari “Atletiko” esa shuni teng yarmini, azaliy raqibi “Barselona” esa 29 gol o‘tkazib yubordi.

Zinedin Zidanning jamoadan ketishi tarkibda “domino effekti”ni hosil qilishi mumkin. Keylor Navasni poytaxtdan ketishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Uni bir qator ingliz klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buni albatta vaqt ko‘rsatadi.

Haqiqatga yaqin: “Liverpul”

Loris Karius Premer Liganing 19 o‘yinida 14 gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, Chempionlar Ligasi finalidagi ikki jiddiy xato uning yuqori saviyali darvozabon maqomiga soya soldi.

Uning raqobatchisi Simon Minole ham huddi shu vaj bilan zaxiraga “mixlangandi”, ammo Klopp uchun u endi asosiy variantga aylanishi mumkin.

Djoker: “Yuventus”

Ko‘pchilik yosh futbol muxlislari Janluiji Buffondan oldingi “Yuventus”ni tasavvur qila olmaydi. Biroq 40 yoshli posbon klubdagi 17 yillik faoliyatidan keyin qo‘lqopini mixga osib qo‘yishini ma’lum qildi.

“Yuventus” Italiyadagi eng yaxshi himoya chizig‘iga ega. Klub Voytsex Shesnini ham qo‘shib hisoblaganda A Seriyaning 17 o‘yinida 9 gol o‘tkazib yuborgan. Polshalik futbolchi o‘z vaqtida Alissonni zaxiraga mixlab qo‘ygandi. Agarda voqealar rivoji shunday kechsa, taqdir hazili qanday bo‘ladi, kuzatamiz.

Squawka taxmini: “Chelsi”

“Stemford Bridj”dagi ko‘plab muxlislar Tibo Kurtuaning notekis o‘yinidan xafsalasi pir bo‘lmoqda. Amaldagi shartnomani uzaytirishda paydo bo‘layotgan muammolar sababli belgiyalik posbon yozda londonliklar safini tark etishi mumkin.

U 15 gol o‘tkazib yubordi, bu bilan Ederson va David De Xeadan ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasida “Barselona”ga qarshi muhim uchrashuvda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli Kurtua jamoani tark etishi ham mumkin.

Agarda “Real” Kurtuani Madridga qaytarish harakatiga tushsa, “Chelsi” uning o‘rniga darhol Alissonni olib kelsa bo‘ladi.

Braziliyalik darvozabon Angliyada o‘ynab keta oladi, ammo barchasini uning Jahon Chempionatida ko‘rsatadigan o‘yinlari hal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!