
Qashqadaryolik taekvondochilar saralandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida taekvondo WTF bo‘yicha 2002-2004 va 2005-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasila viloyat chempionati o‘tkazildi.
Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zahirilari maktab-internatining engil atletika manejida o‘tkazilgan mazkur musobaqada 150 nafar taekvondochi mazkur sport turining kiruge va pumse yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda medal bilan taqdirlandi.
Fikrlar