Poytaxtimizda rapid bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda kubogi musobaqalari start oldi (foto)

CHERY AUTO

Kecha poytaxtimizdagi respublika shaxmat federatsiyasi binosida rapid bo‘yicha mamlakat chempionati hamda kubogi musobaqalari boshlandi. Mamlakatimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 115 nafar shaxmat ixlosmandlari ishtirok etayotgan turnirda Ortiq Nig‘matov 4 imkoniyatdan 4 ochko olgan holda peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, Oleg Artemenko (Toshkent), Yoqubjon Xolmatov (Toshkent viloyati), Abdumalik Abdusalimov (Qashqadaryo), Elbek Jumanov (Sirdaryo), Sarvarbek Olimjonov (Toshkent)lar hisobida ham shuncha ochko bor.

Tecno

Bugun musobaqalar davom etadi. Rapid bo‘yicha yana 5 ta tur o‘ynalgach, musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi. 29 iyundan boshlab esa blits bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!