Poytaxtimizda o‘q otish bo‘yicha Xalqaro hakamlik kurslari bo‘lib o‘tmoqda

CHERY AUTO

Toshkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Xalqaro hakamlik kurslari boshlandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Kurslar Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasi (ISSF) dasturiga binoan, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi hamkorligida poytaxtimizdagi «Vatanparvar» tashkiloti bazasida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan hakamlar ishtirok etishmoqda.

Kurslar ISSF katta eksperti, rossiyalik hakam Anatoliy Aktov tomonidan rus tilida olib borilmoqda. Umumiy hisobda darslarda 30 nafar mutaxassis qatnashmoqda. ISSFning xalqaro hakamlik kurslari qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilarga Xalqaro toifadagi hakam litsenziyasi beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!