
Polsha terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi tarixiga kirdi
Xabaringiz bor Polsha terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonida Italiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng polshaliklarning guruhdagi imkoniyatlari butkul yo‘qqa chiqdi. Aniqrog‘i, endi ular guruhda uchunchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olishmaydi.
Shu tariqa Polsha UEFA Millatlar ligasi musobaqasi tarixida quyi divizionga ravona bo‘lgan ilk terma jamoa sifatida qoldi. Endi ular 2020/21 yilgi mavsumni “B” divizionda boshlashadi.
Fikrlar