Pike: Dembele hali juda yosh va kelajakda "Barselona"ga katta yordam berishi mumkin

  • 28 avgust, 2018, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike jamoaning yosh iqtidorli a’zosi Usmon Dembelening mavsum startida ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Dembele mavsumlar oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonida ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgan edi va u mavsum startini ham huddi shu ruhda boshladi. Biz uning hali juda yosh ekanligini tushunishimiz lozim. Qolaversa, uning "Barsa"dagi debyut mavsumi oson kechmadi. U bizga juda ko‘p narsa berishi mumkin. Chunki, u juda yosh va hali katta o‘sishga erishish imkoniyatiga ega", - deydi Pike.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" sardori Lionel Messi Dembeleni asosiy tarkib futbolchisi emasligi haqida gapirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!