
Pedro: Azar – dunyoning eng kuchli to‘rt futbolchisidan biri
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Pedro Rodriges belgiyalik jamoadoshi Eden Azarni dunyoning eng kuchli futbolchilari qatoriga qo‘shdi.
“Mening nazarimda Eden dunyoning eng kuchli to‘rt futbolchisidan biri. Azar – juda ajoyib futbolchi, shuning uchun yaqin yillar ichida uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum APLning 5ta turida maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar