
"Paxtakor"ni yirik hisobda engan "Nasaf" OChL yo‘llanmasini naqd qildi
Hozirgina Qarshidagi “Markaziy” stadionda mahalliy “Nasaf” klubi Oliy liganing 29-turida “Paxtakor”ni yirik hisobda engdi.
Shiddatli kechgan o‘yin qarshilik futbolchilarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa “Nasaf” musobaqa jadvalidagi egallab turgan 2-o‘rnini yanada mustahkamladi va kelgusi mavsum Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.
14.00 “Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 4:0
Gollar: Bobir Abduholiqov(43), Dragan Cheran(60 penaltidan, 90+1), Baxrom Abduraximov(77)
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov (s), 6.Azizjon G‘aniev, 7.Odil Hamrobekov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 34.Farruh Sayfiev, 45.Bobir Abduxoliqov, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 10.Dilshod Rahmatullaev, 15.Shaxboz Erkinov, 20.Islom Kenjaboev, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov.
“Paxtakor”: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 8.Sherzod Karimov, 10.Jamshid Iskandarov, 11.Igor Sergeev, 21.Kamoliddin Tojiev (s), 29.Vladimir Kozak, 52.Gidi Konyuk, 55.Marko Simich(70. Sherzod A’zamov 77), 77. Tiago Bezerre, 80.Rostin Griffits.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyuyunov, 7.Azimjon Axmedov, 17.Suhrob Nurillaev, 22.Jasur Yaxshiboev, 24.Davron Hoshimov, 70.Sherzod A’zamov, 71.Zabihillo Urinboev.
Ogohlantirishlar: Shoraxmedov(27), Simi(27), Karimov(31)
Fikrlar