
PSJga "Manchester Siti" futbolchisi kerak
Frantsiya PSJ klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Braim Diasni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Avvalroq bu futbolchiga Madridning “Real” jamoasi asosiy tarkibdan joy va’da qilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar deyarli bu kelishuvga erishishga yaqin turishibdi va shartnomaga ko‘ra, Dias “qirollik klubi” safiga kelasi yozda qo‘shiladi, ammo uning uchun kurashga PSJ ham qo‘shilishga qaror qildi.
Avvaliga Manchester jamoasi bu futbolchini ijaraga berishni maqsad qilgan edi, biroq Dias jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qilgan va bu vaqt ichida 2ta gol urdi.
Fikrlar