
PSJ argentinalik futbolchi uchun "Zenit"ga 35 mln evro taklif qildi
Jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, parijliklar argentinalik futbolchi uchun 35 mln evrolik taklif bilan chiqishgan. Piterliklar esa Paredesning bahosini 45 mln evro etib belgilashgan va u bilan hayrlashish niyatida emaslar.
Ilgariroq "Chelsi" jamoasi Paredes uchun 35 mln taklif etgani, biroq "Zenit" uni 40 mlndan kamiga sotmoqchi emasligi aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, Leandro Paredes 2017 yil "Zenit" safidan "Roma"ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning piterliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar amal qiladi.
Fikrlar