
O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat 10 futbolchisi (Baxtiyor Toshtemirov blogi)
Xabaringiz bor ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. Qit’a birinchiliklari shubhasiz futbolchilarga o‘zini ko‘rsatishlari uchun muhim musobaqa hisoblanadi.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi transfer bahosi eng qimmat 10ta futbolchi bilan tanishtirib o‘tamiz:
Fozil Musaev 30 yosh (“Jubilo Ivata”, Yaponiya) - 600 ming evro
Oleg Zoteev 29 yosh (“Lokomotiv”, Toshkent) – 750 ming evro
Islom To‘xtaxo‘jaev 29 yosh (“Lokomotiv”, Toshkent) – 800 ming evro
Dostonbek Hamdamov 22 yosh (“Anji”, Maxachkala) – 800 ming evro
Eldor Shomurodov 23 yosh (“Rostov”, Rossiya) – 900 ming evro
Ikrom Aliboev 24 yosh (“Seul”, J.Koreya) – 900 ming evro
Marat Bikmaev 33 yosh (“Lokomotiv”, Toshkent) - 1,2 mln evro
Sardor Rashidov 27 yosh (“Lokomotiv”, Toshkent) – 1,5 mln evro
Jaloldin Masharipov 25 yosh (“Paxtakor”) – 1,4 mln evro
Odil Ahmedov 31 yosh (“Shanxay SIPG”, Xitoy) – 6 mln evro
Eslatib o‘tamiz, futbolchilarimiz musobaqaning “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
PS: Narxlar transfermarkt.de saytidan olindi.
Fikrlar