
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi yig‘inni yakunladi
Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari yig‘inni yakunlab, Toshkent shahriga qaytib kelishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Endilikda ularga to‘rt kun dam beriladi. 19-23 fevral kunlari «Chig‘atoy» sport bazasida Turkiya safari oldidan yig‘in bo‘lib o‘tadi. 23 fevralda esa qizlarimiz Turkiyaga yo‘l olishadi.
Turkiyaning Alanya shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Frantsiya, Qozog‘iston va Iordaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Fikrlar