O‘zbek yigiti UFCda jang qilish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Oldin xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov bugun Chexiyaning Praga shahrida o‘zining navbatdagi chempionlik kamari uchun jangini o‘tkazdi.

Tecno

“X Fight Night” turnirida bu safar unga braziliyalik David Ramires raqiblik qildi. Ushbu jangning 2-raundidayoq hamyurtimiz raqibni nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, hamyurtimiz UFC yo‘nalishida jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, bugunga qadar Markaziy Osiyoda hech bir sportchi yakkakurashning bu yo‘nalishida jang qilmagan.

Ma’lumot uchun: Mahmud Muradov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Saveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!