O‘smirlar Olimpiadasi. Bokschimiz O‘zbekistonga yana bir medalni taqdim etdi

CHERY AUTO

Biroz avval bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medalni qo‘lga kiritganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Endi boshqa bir bokschimiz Timur Merjanov sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

Tecno

Hamyurtimiz bronza medali uchun jangda Misr vakili Yusuf Ali Kararga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra hamyurtimiz g‘alabaga erishdi va Argentina Olimpiadasi sovrindoriga aylandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bu O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi 16-medali edi. Hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Qayd etish lozimki, mazkur o‘yinlarda sportchilarimiz O‘zbekistonning o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi rekordini yangiladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!