Osiyoning eng yaxshilari aniqlandi

  • 28 noyabr, 2018, 21:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz internet axborot portali mazkur jarayondan onlayn matnli translyatsiyani amalga oshirdi.

Tecno

21:10. Marosim yakunlandi. Sizlar bilan yaqin bir yarim soat davomida Shahzod Xolboev birga bo‘ldi. Salomat bo‘ling!

21:05 Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi - Abdulakarim Hassan (Qatar). U "Al-Sadd" safida OChL guruh bosqichida "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilgan edi

21:01 Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Van Shuan (Xitoy)

20:58 Endi navbat futbolchilarga

20:56 Badiiy sahna ko‘rinishiga berildi navbat

20:54 Eronlik Ali Ashgar Hasanzoda 2018 yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi

20:51 2018 yilning eng yaxshi erkak murabbiyi - yaponiyalik Go Oiva. U "Kashima Antlers"ni OChLda g‘oliblik sari etaklagan edi. Qayd etish joiz, mazkur mukofotga hamyurtimiz Ravshan Haydarov da’vogarlik qilayotgan edi

20:48 Ayollar futbolidagi yil murabbiyi sifatida yaponiyalik Asako Takakura g‘olib deb topildi

20:46 Xitoy futbol assotsiatsiyasi ham ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovriniga ega bo‘ldi

20:44 Singapur futbol assotsiatsiyasi ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovrini topshirildi

20:42 Falastin futbol assotsiatsiyasi ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun OFK prezidenti e’tirofiga sazovor bo‘ldi

20:34 Navbat badiy qismga berildi. Sahnada livanlik xonanda Maya Diab o‘zining go‘zal taronasi bilan yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi

20:32 2018 yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi sovrini Yaponiya futbol assotsiatsiyasiga topshirildi 

20:31 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbol assotsiatsiyasiga ham 2018 yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbol assotsiatsiyasi sovrini topshirildi

20:29 2018 yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi sovrini (intilishi va rivojlanishi uchun) Mo‘g‘uliston futbol federatsiyasiga topshirildi

20:24 "Osiyo olmosi" mukofoti OFK sobiq prezidenti Jang Jilongga topshirildi. OFK vitse-prezidenti Chjan Tszilun marosimda qatanasha olmayotgani sababli ekranda Shayx Salmon unga sovrinni topshirayotgani aks etgan video namoyish qilindi

20:19Tailandning "Wild Boars" futbol klubi va Yaponiyaning U-20 jamoasi bosh murabbiyi Futoshi Ikedaga taqdim qilindi

20:14 OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa sahnaga taklif qilindi

20:12 Dastlabki Badiy qism yakuniga etdi. Sahnaga boshlovchilar - Natali Mamo bilan Jon Dayks chiqib kelishdi

20:08 Ummon mamlakatining mahalliy an’analari va raqslari aks ettirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etilmoqda

20:04 Dastavval Osiyo futbolida yil davomida sodir bo‘lgan voqealar ask etgan videolavha namoyish etilmoqda. Lavha O‘zbekiston U-23 termasining qit’a birinchiligidagi g‘alabasi bilan boshlangan 

20:00 Diqqat, marosim boshlandi!

haydarov annual

19:59 Eslatib o‘tamiz, shu yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini g‘olibga aylantirgan Ravshan Haydarov "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida ishtirok etmoqda

19:58 Marosim Maskat shahridagi Ummon ko‘rgazmalar va konferentsiyalar markazida bo‘lib o‘tmoqda

19:55 Yana bir necha daqiqalardan so‘ng marosim boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!